Nurinvest: $250,000+ Investitsiya Jalb Qilish
$250,000+
Jalb qilingan investitsiya
30 nafar
Yirik investorlar portfeli
$10,000
O'rtacha chek / investor
1. Muammo va Boshlang'ich Holat
Kompaniyada yirik investitsion loyihalar bo'yicha mijozlar bilan tizimli muzokaralar olib borish va yuqori chekli ($10,000+) bitimlarni tezkor yopish mexanizmi yo'lga qo'yilmagan edi. Investorlarning xavotirlari va daromadlilik hisob-kitoblariga yetarlicha shaffof javob berilmasligi sababli kelishuvlar cho'zilib ketar edi.
2. Qo'llangan Yechim va Strategiya
Investorlar portfeli segmentatsiyalandi, daromadlilik hisob-kitoblarining shaffof taqdimotlari yaratildi va e'tirozlar bilan professional ishlash tizimi yo'lga qo'yildi. Har bir investor bilan individual moliyaviy reja tuzilib, AmoCRM orqali har bir bosqich qat'iy nazorat qilindi.
3. Erishilgan Aniq Natijalar
- 10 oy davomida jami $250,000+ to'g'ridan-to'g'ri investitsiya jalb qilindi.
- 30 nafar ishonchli yirik investorlar portfeli shakllantirildi (o'rtacha chek: $10,000).
- 100% investitsion shartnomalar muvaffaqiyatli rasmiylashtirildi.
- AmoCRM va shartnomalar reyestri orqali shaffof nazorat tizimi o'rnatildi.